"Nasaf" OFK kubogi guruh bosqichida qaysi jamoalar bilan o‘ynaydi? (Taqvim)

  • 7 aprel, 2021, 23:42
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Olmaliqning AGMK jamoasi Qatarning "Al-Garafa" klubini OChL saralashining pley-off bahsida 1:0 hisobida mag‘lub etib, guruh bosqichiga yo‘l oldi. Mirjalol Qosimov shogirdlari bu g‘alaba evaziga nafaqat OChL guruh bosqichiga yo‘llanma oldi, balki o‘tgan mavsum Superligada kumush medalini qo‘lga kiritgan "Nasaf" klubining OFK kubogida ishtirok etishiga ham sababchi bo‘ldi.

Shunday qilib, "Nasaf" OFK kubogining yangi mavsumida "F" guruhida o‘ynaydi. Ushbu "kvartet"da "Nasaf" (O‘zbekiston), "Oltin Asr" (Turkmaniston), "Xo‘jand" (Tojikiston) va "Oloy" (Qirg‘iziston) jamoalari joylashdi.

Guruh o‘yinlari 14-20 may kunlari markazlashtirilgan holda Tojikistonda o‘tkaziladi. Quyida taqvim bilan tanishasiz.

OFK kubogi, "F" guruhi.

"Nasaf" (O‘zbekiston)

"Oltin Asr» (Turkmaniston)

"Xo‘jand" (Tojikiston)

"Oloy" (Qirg‘iziston).

1-tur, 14 may

"Nasaf" - "Oloy"

"Oltin Asr" - "Xo‘jand"

2-tur, 17 may

"Oloy" - "Oltin Asr"

"Xo‘jand" - "Nasaf"

3-tur, 20 may

"Nasaf" - "Oltin Asr"

"Xo‘jand" - "Oloy".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!