"Nasaf" o‘rtoqlik o‘yinida Rossiya jamoasini mag‘lub etdi

  • 11 fevral, 19:47
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Nasaf" klubi Antaliyadagi yig‘in doirasida to‘rtinchi nazorat bellashuvida Rossiyaning "Enisey" jamoasi bilan bellashdi. 

126 daqiqa davom etgan mazkur bahsda "ajdarlar" 2:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Dastlab, 46-daqiqada Akmal Mozgovoy hisobni ochdi. "Nasaf"ning ikkinchi goliga esa penaltidan unumli foydalangan holda jamoa tarkibiga qaytgan Husayn Norchaev mualliflik qildi. 

Bellashuvning 80-daqiqasida Rubin Xebay raqib darvozasi tomon belgilangan 11 metrlik jarima zarbasi golga aylantira olmadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!