
"Nasaf" o‘ta yirik hisobda g‘alaba qozondi
Chempionatimizdagi tanaffusdan foydalanish maqsadida Ro‘ziqul Berdiev boshchiligidagi “Nasaf” bugun o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. Bu borada klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ular boshqa joylardan raqib izlamasdan “Nasaf” U-21 jamoasi bilan o‘ynab qo‘ya qoldi. Gollarga boy kechgan uchrashuvda asosiy jamoa 6:1 hisobida g‘alaba qozondi. Bahrom Abdurahimov, Ivan Solovyov (2 ta), Semir Smaylagich (3 ta) va Jahongir Shermatov (avtogol)ning gollari hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.
“Nasaf”: Azamat Soyibov, Jahongir Shermatov, Murod Rahmatov, Ivan Solovyov, Suhrob Nurulloev, Bahrom Abdurahimov, Akmal Mozgovoy, Sardor Sa’dullaev, Zafarmurod Abdirahmatov, Marko Stanoevich, Semir Smaylagich.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Aziz Xolmurodov, Adham Musulmonov.
“Nasaf” U-21: Shaxzod Suyunov, Bekjon Rahmatov, Zafar Hakimov, Jahongir To‘ychiev, Xurshidbek Berdimurodov, Mirjalol Qosimov, Asliddin Tursunpo‘latov, Dilshod Berdiev, Aziz Xolmurodov, Otajon Niyazmetov, Abror Sarimsoqov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Sherali Rasulov, Shaxzod Xushvaqtov, Nodir Mukarov, Jasur Shodmonqulov, Shamshod Subxonov, Akmal Sodiqov, Shaxboz Nurmahmadov.
Fikrlar