“Nasaf” o‘z tarixidagi 330-g‘alabasini qo‘lga kiritdi
Oliy Liga so‘nggi turida Qarshining “Nasaf” jamoasi o‘z maydonida Muborakning “Mash’al” klubini qabul qildi.
O‘yinning 20-daqiqasida Bobir Abduxoliqov mezbonlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 77-daqiqada Sharof Muhitdinov “ajdarlar”ning ikkinchi goliga mualliflik qildi va “Nasaf”ning g‘alabasini mustahkamladi.
Shunday qilib, qarshiliklar bu mavsumni 63 ochko bilan kuchli uchlikka yakun yasagan bo‘lsa, muborakliklar 38 ochko bilan musobaqa jadvalining 8-pog‘onasidan o‘rin oldi.
Shunday qilib, “Nasaf” o‘z tarixidagi 330-g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
Oliy Liga 30-tur
23.11.2016
“Nasaf” – “Mash’al” - 2 : 0 (1 : 0, 1 : 0)
Gollar: Bobur Abduholiqov 20, Sharof Muhitdinov 77
Ogohlantirishlar: Iskandar Shoyqulov 42, Mirzakamol Kamolov 54
“Nasaf”: 25.Eldorbek Suyunov, 4.Maqsud Karimov (s), 6.Azizjon G‘aniev (8.Sirojiddin Qo‘ziev 84), 7.Shuhrat Muhammadiev, 14.Sharof Muhitdinov, 15.Shaxboz Erkinov, 23.Sherzod A’zamov, 33.Odil Hamrobekov (28.Fozil Musaev 77), 34.Farruh Sayfiev, 38.Doniyor Narzullaev, 45.Bobir Abduxoliqov (18.Bahrom Abdurahimov 72).
“Mash’al”: 35.Javohir Ilyosov, 2.Iskandar Shoyqulov, 5.G‘iyosjon Komilov (s), 6.Sardor Abduraimov, 8.Mirzakamol Kamolov, 9.Xumoyun Murtazoev (98.Sirojiddin Allaev 90), 17.Vladislav Pavlenko, 27.G‘ulomhaydar G‘ulomov (29.Dilyaver Abibullaev 69), 28.Maradona Safarov, 33.Andrey Derkach, 55.Avaz Agaliev (13.Shaxzod Shaymanov 63).

Fikrlar