
"Nasaf" Qarshida "Surxon" darvozasiga javobsiz 6 ta gol urdi (video)
Bugun Superliganing 6-tur uchrashuvlariga start berildi. Jumladan, “Nasaf” o‘z maydonida “Surxon”ni qabul qildi.
Qarshidagi “Markaziy” o‘yingohda kechgan o‘yin mezbonlarning mutlaq ustunligida o‘tdi. Yakunda “ajdarlar” 6:0 hisobida termizliklarni tor-mor keltirdi. Shu kuni “Nasaf”ning gollariga Xusayn Norchaev (38'), Akmal Mozgovoy (49', 52', 80'), Sherzod Nasrullaev (60') va Abubakr Rizo Turdialiev (87') mualliflik qildi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar