
“Nasaf” va “Al Sadd” vakillari o‘zaro esdalik sovg‘alari almashishdi
Xabaringiz bor bugun Qarshining “Nasaf” klubi OChL 3-turi doirasida o‘z maydonida Qatarning “Al Sadd” jamoasini qabul qildi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvdagi yagona gol 62-daqiqada Azizjon G‘aniev tomonidan penaltidan kiritildi.
“Al Sadd” rasmiy saytida yozilishicha, “Nasaf” hamda “Al Sadd” vakillari o‘zaro esdalik sovg‘alari almashishgan.
Mazkur holat sport an’analarining bir qismi bo‘lib, jamoalar o‘rtasidagi aloqani mustahkamlaydi va kelajakda yaxshi aloqalar olib borilishiga zamin yaratadi.
Fikrlar