
Nashrlar Shomurodovni asosiy tarkibga loyiq ko‘rmayapti
Bugun A Seriya 15-turi doirasida "Roma" - "Lechche" bahsi bo‘lib o‘tadi. Bilasiz, rimliklar safida legionerimiz Eldor Shomurodov harakat qiladi.
Yangi bosh murabbiy va Eldorning sobiq ustozi Klaudio Raneri (ular birgalikda "Kalyari"da ishlagan) Artyom Dovbikning betobligi sababli mazkur uchrshauvda Eldor Shomurodovni asosiy tarkibda maydonga tushirishi mumkin.
Biroq "SportMole" portali talqiniga ko‘ra, ushbu bahs uchun e’lon qilingan taxminiy tarkibda hamyurtimiz yo‘q:
"Roma"ning taxminiy asosiy tarkibi:
Svilar, Manchini, Hummels, Ndika, Chelik, Kone, Paredes, Anxelino, Pellegrini, El Shaaravi, Dibala.
Bundan tashqari, "Sports Gambler" nashri ham bugungi o‘yinning taxminiy asosiy tarkibiga Shomurodovni kiritmagan:
Ma’lumot uchun, ushbu uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan 00:45da statr oladi
Fikrlar