
"Navbahor" – "Paxtakor" o‘yinida xorijlik hakamlar ishlaydimi?
Superliganing 17-turida "Navbahor" o‘z maydonida "Paxtakor"ni qabul qiladi. Saytimiz jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaevning "Telegram" kanalida ma’lum qilishicha, ushbu bahsda xorijlik hakamlar brigadasi ishlaydi.
"Navbahor" va "Paxtakor" o‘rtasidagi uchrashuvda xorijlik hakamlar brigadasi ishlashi mumkin. Bizga ma’lum bo‘lishicha, mahalliy referilar "yil o‘yini"da ishlamaydi.
Uchrashuvning qadri baland bo‘lgani bois, neytralitetlikni ushlab qolish maqsadida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan qarorni 100 foiz qo‘llab-quvvatlayman. Agar eshitganimiz rost bo‘lib chiqsa, UFA va PFL joriy mavsumni 100 foiz "qutqarib" qolgan bo‘ladi.
Muxlislarning noroziligi o‘z yo‘liga. Ancha yillardan beri superligamizda kuzatilmagan intrigani birgina qaror evaziga so‘ndirib qo‘ymaslik juda muhim. Barchasi biz taxmin qilgandek bo‘lsa, UFA va PFLning qarori oldida shlyapamizni echamiz", - deya yozib qoldirdi Ulug‘xo‘jaev.
Fikrlar