"Navbahor" - "Dinamo" uchrashuvining chiptalari sotuvda
Superliga 21-turi doirasida "Navbahor" o‘z maydonida Samarqandning “Dinamo” klubini qabul qiladi. Mazkur o‘yinga chiqarilgan chiptalar bugundan sotila boshlandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, chiptalar 15, 20 va 30 ming so‘mdan sotilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” – “Dinamo” o‘yini 1 oktyabr kuni soat 19:15da start oladi.

Fikrlar