"Navbahor" - "Olimpik" uchrashuvi uchun chiptalar arzonlashtirilgan narxda sotuvga chiqariladi

  • 23.10.2022 15:57
  • Javokhir Azimov
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston Superligasi 23-turidan o‘rin olgan bahsda "Navbahor" o‘z maydonida "Olimpik"ni qabul qiladi.

Namangan viloyati hokimligi va klub rahbariyati tomonidan muxlislarga qulaylik yaratish maqsadida chiptalar narxi arzonlashtirildi. Ya’ni, "olimpiyachilar"ga qarshi bellashuvni stadiondan tomosha qilish uchun 10 000 so‘m to‘lash kifoya. 

Chiptalar ertaga soat 9:00 dan boshlab, barcha kassalarda sotuvga chiqadi. Bahs 25 oktyabr kuni Davlatobod tumanidagi “Markaziy” o‘yingohida, soat 18:30 da start oladi.

photo_2022-10-23_15-00-14

“Navbahor” klubi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Neftchi
23/10/2022 20:17
Nursiz durrang boʻlsa kerak