"Navbahor" - "Paxtakor" o‘yiniga qancha muxlis tashrif buyurganini bilasizmi?
O‘zbekiston Superligasi 5-turidan o‘rin olgan uchrashuvlarga start berildi. Ilk kundan markaziy o‘yin o‘tkazildi.
Namangandagi «Markaziy» stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda «Navbahor» amaldagi chempion «Paxtakor»ni mehmon qildi. Qizg‘in kurashlarga boy tarzda o‘tgan o‘yin mehmonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu bellashuvni 15982 nafar muxlis bevosita stadiondan tomosha qilgan. E’tirof etish lozim, «lochinlar»ning avvalgi ikki o‘yinini bugungidan ko‘proq tomoshabin o‘yingohda kuzatgandi. «Nasaf»va qarshi o‘yinda 17 752, «So‘g‘diyona» bilan bahsda 17 558 nafar inson «Markaziy»ga tashrif buyurgan.

Fikrlar