
"Navbahor" - "Qizilqum" uchrashuvi chiptalarining narxi ma’lum
Superliga 14-turi doirasida "Navbahor" jamoasi o‘z maydonida Navoiyning “Qizilqum” klubini qabul qiladi. Mazkur o‘yinga chiqarilgan chiptalar ertadan sotuvga chiqadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, muxlislar chiptalarni 30, 20 va 15 ming so‘mdan chipta xarid qilishlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” – “Qizilqum” o‘yini 26 iyul kuni soat 19:30da start oladi.
Fikrlar
Чипта, чипта бахоси ва бошка майда-чуйда муаммолар кейинги даражали ечими бор масалалардир.