"Navbahor" "Andijon-SGS”ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi
Xabaringiz bor, FIFA kunlari munosabati bilan Coca Cola Superligasida biroz tanaffus yuzaga keldi.
Futbolchilarning jismoniy holatlarini saqlab turish maqsadida, “Navbahor” bugun o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.
Bugungi nazorat bahsi Namangan shahar, Davlatobod tumanidagi “Markaziy” stadionida soat 19:00 da Pro liga vakili “Andijon-SGS” jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadi.
“Navbahor” PFK matbuot xizmati.
Fikrlar