Asosiy mazmunga oʻtish

"Navbahor" Azim Ahmedov bilan shartnomani uzaytirdi

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

Ahmedov Superligada 19 ta o‘yinda ishtirok etib, ikkita gol urdi va bitta samarali uzatmani amalga oshirdi.

Namanganning "Navbahor" jamoasi futbolchisi Azim Ahmedov bilan shartnomani uzaytirdi. 

"Jamoamiz sardori Azimjon Ahmedov "Navbahor" bilan tuzilgan shartnoma muddatini uzaytirdi. U kelasi mavsum davomida "lochinlar" sharafini himoya qiladi. Biz Azimjonga jamoamizdagi keyingi faoliyatida ham omad yor bo‘lishini tilaymiz", - deyiladi "lochinlar" matbuoti xabarida. 

Ma’lumot uchun, 32 yoshli futbolchi o‘tgan mavsum Superligada 19 ta o‘yinda ishtirok etib, ikkita gol urdi va bitta samarali uzatmani amalga oshirdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q