"Navbahor" "Enisey" klubini mag‘lub etdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Avval xabar berganimizdek, Turkiyada mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan jamoamiz bugun navbatdagi nazorat o‘yinida Rossiyaning “Enisey” klubi bilan kuch sinashdi.

Tomonlar kelishuviga ko‘ra o‘yindagi bo‘limlar 30-daqiqadan iborat bo‘ldi. Bahsning birinchi bo‘limida darvozalar daxlsizligi saqlangan bo‘lsa tanaffusdan keyin Ibrohim Yo‘ldoshev ajoyib zarbasi bilan raqib darvozasiga chiroyli gol urishga erishdi. 1:0 hisobi hakamning final xushtagi chalinguncha saqlanib qoldi.

Ma’lumot o‘rnida mazkur uchrashuvda murabbiylar kechagi bahsda maydonga tushmagan va yoshlarninig xizmatidan foydalandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!