
"Navbahor" futbolchisi "Paxtakor"ga o‘tmoqdami?
Namanganning "Navbahor" klubi yarim himoyachisi Azim Ahmedov faoliyatini sobiq jamoasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda SPORTS.uz sayti "Navbahor" muxlislar telegram kanaliga tayanib xabar bermoqda.
Manbada yozilishicha, yarim himoyachi ma’lum sabablarga ko‘ra "Paxtakor"ga qaytgan. Buni futbolchining o‘zi ham tasdiqlagan ekan.
Ushbu xabar qanchalik haqiqat yoki yo‘qligini tez orada SPORTS.uz sayti orqali bilib olishingiz mumkin.
Fikrlar