Navbahor Hamidova bronza medalini qo‘lga kiritdi, Do‘smatov esa...

  • 29 may, 14:03
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 24 maydan 1 iyungacha Tailandda boks bo‘yicha "Thailand Open" turniri bo‘lib o‘tadi.

Tecno

Bugundan yarim final bahslari start oldi. 

-65 kg vaznda bo‘lib o‘tgan bahsda, Navbahor Hamidova xitoylik Liu Yangdan ochkolar evaziga mag‘lub bo‘lib, musobaqani bronza medali bilan yakunladi.

Faryozbek Do‘smatov esa finalga yo‘l oldi. Bokschimiz -55 kg vaznda bo‘lib o‘tgan yarim finalda qirg‘izistonlik Islam Torobaevga hech qanday imkoniyat qoldirmadi - 5:0. 

Eslatib o‘tamiz, bizni oldinda yana bir yurtdoshimiz Elyorbek Jo‘raboev va Hindiston vakili Naman Tanvar jangi kutib turibdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!