Asosiy mazmunga oʻtish

Boks

Navbahor Hamidova yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

Vakilamiz chorak finalda g‘alaba qozondi.

Xabaringiz bor, 24 maydan 1 iyungacha Tailandning Bangkok shahrida boks bo‘yicha xalqaro turnir bo‘lib o‘tadi.

Terma jamoamiz vakillari esa “Thailand Open” da g‘alabali yurishini davom etmoqda.

-65 kg da Navbahor Hamidova janubiy koreyalik Kang Sukyoungga qarshi ringga ko‘tarildi.

To‘liq davom etgan jangda vakilamiz ochkolar evaziga zafar quchib, yarim finalga yo‘l oldi.

Eslatib o‘tamiz, bizni oldinda yana bir bokschimiz Muhammadazizbek Ismoilov va Yaponiya vakili Someya Shoi to‘qnashuvi kutmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q