
"Navbahor" matbuot xizmati: Oston O‘runovning klub bilan 1 yillik shartnomasi bor va u hech qaerga ketmaydi
“Navbahor” klubi yarim himoyachisi Oston O‘runov o‘zining instagramdagi sahifasida jamoadan ketishini ma’lum qildi va bu ko‘pchilik muxlislar uchun kutilmagan xabar bo‘ldi.
Mahoratli futbolchi chindan ham boshqa jamoaga o‘tayaptimi yoki yo‘qligiga oydinlik kiritish uchun dastlab uning o‘zi bilan bog‘lanishga harakat qildik. Ammo, bog‘lana olmaganimizdan so‘ng “Navbahor” klubi matbuot xizmati boshlig‘iga aloqaga chiqdik. Uning so‘zlariga ko‘ra Oston O‘runovning jamoa bilan bir yillik shartnomasi bor va uning boshqa jamoaga o‘tishi borasida hech qanday gap-so‘z yo‘q.
Biz esa doimgidek voqealar rivojini kuzatamiz. Biz bilan qoling!
Fikrlar
Бу фожиа бўлмаслик керак, Янгисига қизиқиш керак.