
"Navbahor" o‘z safiga yangi futbolchi qo‘shib olganini e’lon qildi (Foto)
"Andijon" klubi himoyachi Xushnudbek Avilov "Navbahor" bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur futbolchi 1998 yil, 4 avgustda Andijon shahrida tug‘ilgan. Futbolchilik faoliyati davomida “Paxtakor” (Toshkent, 2017-2018 yilning 1-davrasi), “Qo‘qon - 1912” (Qo‘qon, 2018 yilning 2-davrasi), “Andijon” (Andijon, 2019-2020 yillar) jamoalarida o‘ynagan.
Fikrlar