“Navbahor” o‘z tarkibiga to‘rt nafar futbolchi qo‘shib oldi

  • 5 yanvar, 2017, 07:30
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Kecha “Navbahor” jamoasi Toshkentda to‘planib mavsumga tayyorgarlikning ikkinchi bosqichiga kirishdi. Jamoa a’zolari uchun vaqtinchalik qarorgoh vazifasini “O‘zbekiston” mehmonxonasi o‘tab beradi, deya xabar beradi klub rasmiy sayti.

Poytaxtdagi yig‘in chog‘ida tarkibga bir qator yangi futbolchilarni qo‘shilishi haqida xabar berib o‘tgandik. Kunning ikkinchi yarmida “NBU-Osiyo” o‘yingohida o‘tkazilgan dastlabki mashg‘ulotda boshqa klublardan taklif etilgan darvozabon Akmal Tursunboev (“Andijon”), himoyachi Hasanboy Ergashev (“Sho‘rtan”), yarim himoyachi Alisher Mirzaev (“Paxtakor”) va hujumchi Farruh Shotursunov (“Metallurg”) ishtirok etishdi. Keyingi kunlarda tarkibga yana bir qator yangi o‘yinchilarni qo‘shilishini qo‘shimcha qilish joiz.

Jamoa a’zolari Toshkentdagi yig‘inning birinchi kunida “NBU-Osiyo” o‘yingohining yugurish yo‘lakchasidagi mashqlarni bajarishdi. Ertadan esa mashg‘ulotlar kuniga ikki mahaldan davom ettiriladi. 7 yanvar kuni murabbiy va futbolchilar Respublika sport tibbiyoti ilmiy amaliy markazida tibbiy ko‘rikdan o‘tishadi. Oradan ikki kun o‘tib esa “Olmaliq” klubiga qarshi poytaxt yig‘inidagi dastlabki nazorat o‘yini o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!