"Navbahor" qarzdorlikni yopdimi?

  • 06.02.2024 15:30
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 8
  • Futbol

"Navbahor" futbol klubi imzolangan shartnomaviy munosabatlar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini lozim darajada bajara olmayotgani Assotsiatsiya hamda Liga xavotiriga sabab bo‘lmoqda. Xususan, to‘liq bo‘lmagan axborot klub muxlislarining noto‘g‘ri xulosalar va talqinlariga olib kelayotgani sir emas. Shundan kelib chiqib, Liga mazkur masalaga oydinlik kiritishni lozim deb topdi. Zero, klub moliyaviy majburiyatlarni bajarishda oldinga siljish o‘rniga, yildan-yilga yanada murakkab vaziyatga tushib bormoqda.

O‘tgan yilning 18 dekabr sanasida O‘FA tegishli qo‘mitasi "Navbahor" klubiga qishki transfer oynasida yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishga taqiq qo‘ygandi. Shunga qaramay, klub qator futbolchilar bilan shartnoma imzolashda davom etmoqda. Biroq mazkur shartnomalarni Liga ro‘yxatidan o‘tkazish imkoniyati mavjud emas. Liga ro‘yxatidan o‘tayotgan futbolchilar elektron platforma orqali FIFA bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri integratsiyalashayotganidan kelib chiqib, mazkur masala jiddiy ahamiyat kasb etishini tushunish mumkin.

O‘FA qo‘mitasi shu yilning 17 yanvar kungi yig‘ilishda "Navbahor" klubiga qo‘yilgan taqiq davom etishini, qo‘shimchasiga, futbol klubi jarimaga tortilganini ma’lum qildi. Boisi, klubning shartnomaviy majburiyatlar masalasida muammolari etarlicha. Jumladan, "Navbahor" farm jamoasi hamda futzal jamoasi sportchilari bilan hisob-kitob ishlari amalga oshirilmagan. Ishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘ygan Superliga klublari esa mazkur masalani 10 yanvar sanasidayoq hal qilishga erishgandi.

Shuningdek, "Navbahor" murabbiyi Grigoriy Kolosovskiy klubga nisbatan uchinchi bor ariza kiritdi. Unda murabbiy bilan uch mavsumdan buyon to‘liq hisob-kitob qilinmayotgani qayd etilgan. Mutaxassis huquqlarini himoya qilayotgan qonuniy vakil klub har safar va’da bilan cheklanib qolayotganidan kelib chiqib, bu safar transfer taqiqi qo‘yishni talab qilgan. Mazkur ishda talab qilinayotgan summa "Navbahor" futzal jamoasining to‘liq bir mavsumdagi harajatlaridan ko‘proqni tashkil qiladi.

Navbahor sharafini himoya qilgan Oston O‘runov hamda Abror Ismoilov masalasi ham ochiqligicha qolgan. Oston barcha masalani FIFA tegishli reglamentida belgilangani bo‘yicha amalga oshirdi. "Navbahor" O‘runov bilan joriy yilning 1 fevral sanasiga qadar hisob-kitob qilinishi yuzasidan rasmiy kafolat bergan bo‘lsa-da, mazkur kafolatga amalga qilinmadi.

Oleksandr Kasyan bilan mehnat shartnomasini imzolash oldidan "Navbahor" OKMK klubi bilan kelishuv imzolagan. Biroq kelishuv shartlari o‘z vaqtida amalga oshirilmaganidan kelib chiqib, "Navbahor" OKMK oldida qarzdorga aylangan. Mazkur masala hozirgacha hal etilmagan.

Yuqorida qayd etilgan ishlar faqatgina Ligaga ma’lum bo‘lganlari hisoblanadi. "Navbahor" qarzdorliklar to‘liq bartaraf etilgani masalasini Assotsiatsiya uchun isbotlamaganidan kelib chiqilsa, yangi-yangi qarzdorliklar chiqib kelishi katta ehtimol.

Liga "Navbahor" qayd etayotgan natijalarni alohida e’tirof etadi. Biz klub muxlislari va ularning klub muvaffaqiyatlaridagi alohida hissalarini qadrlaymiz. Ammo bu kabi masalalar professional futbol klubining ish tizimiga, FIFA, OFK, O‘FA talablariga mas’uliyatsizlarcha yondoshishga sabab bo‘lmasligi lozim.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
+998934037982
06/02/2024 19:06
Pahtakorni homiylaridan birortasini beringlar Navbahorga
АЛИ
06/02/2024 19:14
Бу 100%Навбахор ни куролмай федерация дагилар оркасини ковлаяпди. Худо ол кулим деб Навбахор чемпион насаф Нефтчи худам 7урингача вилоятлар урин олса ана куринг ТОМОШАНИ ЗУРИНИ. Ушанда атаман колганини
&
+998934037982
06/02/2024 19:05
Surhonga osilmanglar ,ahir ikki yildan beri pahtaoyni ukasiyu.
Pahtaga yaqin kukunlar tanqid qilinmaydi
SIDDIQOV IZZATILLA
06/02/2024 16:21
Admin sizday jurnalistlarni saviyasi uquvsizligidan afsusdamiz nima navbaxor sizlardanam qarzi yuqmi mobodo yo navbaxor siz kunina utmaydimi qachongacha shu jamoaga osilasizlar mard bulsalaring boshqa jamoaniyam yozina qarz navbaxor da emas keyin Oston bilan ismoilovni yozibsiz qani usha fifa ni qarori nima odamlarni axloqiy deyapsizmi
Тажибоев Мирзаакбар
06/02/2024 16:15
Ўртоқ админ маьсулияцизларча эмас маьсулиятсизларча бўлса керак .Хабар ёзиб бўлинганидан сўнг бир қатор текшириб кейин жойлаш керак эмасми
Akbarshox Abdulxayev
07/02/2024 06:42
Olga dalbayoblar sizlar Navbahorni sindirmoqchisizlar
&
Sardorbek 5555
06/02/2024 16:28
Bularda pul bor deb osilaveradida bu pfl oddiy misol kechagi qura tashlash marosimida zoxir aytdiki navbaxor va neftchidan tashqari qolgan barcha klublarda muammo yuq dedi lekin boshlovchi Surxonni muammolari haqida savol berdi shunda yana bir pfl xodimi ulardaxam boshqaruv almashganligi oldingi raxbariyat paytdagi qarzdorlik bilan xozirgi paytdagi raxbarlik paytdagi qarzdorlik urtasida tafovut borligi va urganish ishlari olib borilayotganini aytdi,, bu tafovut haqida utgan yilixam oldingi yilixam bor edi bir jamoani puli borligini bilib qolsa buldi bu pfl uligini tashlab oladi kanchelskiyni otni kallasiday pulini tuladiyu kalasovskiy nima bupti
Murod Panjiev
06/02/2024 17:46
Сурхон билан нима ишинг бор ўз жамоангни билгин бўлди, навбахор қимат ўйинчиларни олгунча қарзини берсин, навбахор сурхоникини ушлаб сиядими