
"Navbahor" Rossiyaning nomdor jamoasiga qarshi maydonga tushadi
Rossiyaning "Rubin" klubi qishki yig‘inlardagi raqiblar bo‘yicha ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, qozonliklar 18 yanvar - 26 fevral oralig‘ida 10 ta uchrashuvda maydonga tushishi ko‘zda tutilgan. E’tiborlisi, raqiblar orasida Namanganning "Navbahor" jamoasi ham bor. Bellashuv 1 fevral sanasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
"Lochinlar" ayni paytda Turkiyada o‘quv-yig‘in mashg‘uloti o‘tkazmoqda. Klub matbuot xizmati o‘yinlar haqida hali ma’lumot berganicha yo‘q.
Fikrlar