
"Navbahor" Superligada o‘ynagan legionerga chindan ham qiziqqanmi? - Futbolchining o‘zidan javob
Bir necha kun oldin JAY Sport telegram kanaliga tayanib, "Navbahor" klubi Qirg‘iz respublikasi terma jamoasi a’zosi Odiljon Abdurahmanovni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkinligi borasida xabar bergandik. Manba yarim himoyachi uchun "lochinlar" asosiy da’vogar ekanligini yozgandi.
Ho‘sh bu ma’lumot qanchalik haqiqatga yaqin, "Navbahor" "Bunyodkor" safida Superligada o‘ynagan legionerga chindan ham qiziqqanmi? - Futbolchining o‘zi vaziyatga oydinlik kiritdi. Bu haqda "Kyrgyz football" xabar berdi.
"Navbahor" safida yangi legioner paydo bo‘lishi mumkin. U Superliga klubida o‘ynagan
- Ha, to‘g‘ri, “Navbahor” menga qiziqmoqda. Lekin hozircha aniq taklif yo‘q. Ayni paytda mening e’tiborim faqat Qirg‘iz respublikasi terma jamoasiga qaratilgan. Osiyo Kubogidan keyin kelajagim haqida qaror qabul qilmoqchiman, - dedi futbolchi.
Odiljon Abdurahmanov 2022-2023 yillari Qozog‘istonning "Maktaaral" klubi safida to‘p tepdi. Shuningdek, Odiljon Abdurahmanov 2021-2022 yillar Toshkentning "Bunyodkor" sharafini himoya qilgan.
2016 yildan beri Qirg‘iz respublikasi milliy terma jamoasida to‘p tepmoqda. Uning transfermarkt portalidagi narxi 200 ming evroni tashkil etadi.
Fikrlar