“Navbahor” Toshkentda “Paxtakor”ga qarshi o‘yinlardagi noxush an’anaga barham bera oladimi?

  • 27.02.2020 13:20
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Paxtakor" jamoasi Superligada 2020 yilgi mavsumni Toshkentda "Navbahor"ga qarshi o‘yin bilan boshlaydi.

Faqatgina ushbu jamoalar chempionatlar doirasida barcha mavsumlarda ishtirok etib kelishadi. Demak, bu to‘qnashuvlarni klassik qarama-qarshilik turkumiga kiritish mumkin. Tomonlar hozirga qadar 58 uchrashuvda maydonga tushishgan. O‘zaro o‘yinlar bo‘yicha ustunlik yaqqol "sherlar" tarafida. 36 bahsda zafar quchgan "Paxtakor" 9 bor raqib bilan durang o‘ynagan va 13 marta imkoniyatni boy bergan. "Navbahor" darvozasiga 98 gol urilib, 44 to‘p o‘tkazib yuborilgan.

Toshkentdagi uchrashuvlarning 24tasida mezbonlar g‘alaba qozonib, 4 durang va 1 mag‘lubiyatni qayd etgan. “Paxtakor” o‘z maydonida oxirgi 23 o‘yinda 21 g‘alaba va 2 durangga erishib, umuman mag‘lubiyatga uchramagan.

O‘zaro o‘yinlar tarixida qayd etilgan eng yirik natija - 7:0 hisobi jamoalarning Toshkentda 2009 yil o‘tgan bellashuvida kuzatilgan. O‘shanda "Paxtakor" namanganliklarni o‘ta yirik hisobda dog‘da qoldirgan. Jami 8 marta toshkentliklar namanganliklarni yirik natijalar bilan tor-mor keltirgan.

"Paxtakor" va "Navbahor" o‘rtasidagi uchrashuv bugun "Paxtakor" stadionida soat 16:00da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Абдусамат Жураев
27/02/2020 13:33
ЕМГИРДА УЙНАШГА ПАХТАКОР УРГАНИБ ОЛДИ НАВБАХОРГА КИЙИН БУЛАДИ
&
27/02/2020 14:06
Xudo xoxlasa yomgirda bolsa xam navbahor yutadi