"Navbahor" Turkiyadagi ilk mashg‘ulotini o‘tkazdi
Xabaringiz bor, bugun ertalab “Navbahor” jamoasi a’zolaridan iborat delegatsiya Toshkent – Antaliya yo‘nalishi bo‘yicha charter reys samolyotida navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazish uchun Turkiyaga jo‘nab ketgandi.
Tushdan so‘ng, Antaliyaga etib borgan jamoa a’zolari biroz dam olib, kechki payt Samvel Babayan boshchiligidagi murabbiylar qo‘l ostida Turkiyadagi ilk mashg‘ulotni o‘tkazishdi.
Ertadan mashg‘ulotlar ikki mahaldan bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, “lochinlar” Turkiyada 15 kun davomida bo‘lib, xorij jamoalari bilan 2 ta nazorat-sinov o‘yini o‘tkazishni rejalashtirishgan, - deya xabar berdi “Navhabor” matbuot xizmati.
Fikrlar