"Navbahor" uzoq kutilgan transferni e’lon qildi

  • 5 yanvar, 2023, 14:14
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yangi mavsumda o‘z oldiga yuksak maqsadlar qo‘ygan “Navbahor” o‘z tarkibini mahoratli futbolchilar hisobiga to‘ldirishda davom etmoqda.

Tecno

Bugun "lochinlar" safiga tajribali hujumchi Shohruz Norxonov qo‘shildi.

Shohruz Norxonov katta futboldagi faoliyatini 2012 yili Toshkentning “Oq-tepa”sida boshlab, ushbu jamoada 2013 yilning yakunigacha to‘p tepdi. Keyin esa “Istiqlol” (Toshkent, 2014 yil), “Obod” (Toshkent, 2015-2016 yillar), “Bunyodkor” (Toshkent, 2017 yil) klublarida o‘ynagan.

2018 yildan o‘tgan mavsum yakuniga qadar, “So‘g‘diyona” jamoasida to‘p tepgan. Tajribali hujumchi 2018-2022 yillar davomida jizzaxliklar tarkibida Superligada 121 ta o‘yinda maydonga tushib, 10016 daqiqa to‘p tepgan holda, 44 ta golga mualliflik qilgan holda, 3 ta golga assistentlik qilgan.

O‘tgan mavsumda esa “So‘g‘diyona” tarkibida Superliga bahslarida 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 1893 daqiqa harakat qilib, 10 ta gol urgan holda, 4 ta golga hammualiflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!