“Navbahor” va “Qizilqum” klublarining o‘zaro to‘qnashuvlarida ustunlik "lochinlar" tomonida
Superliganing 14-turida "Navbahor" jamoasi o‘z maydonida Navoiyning “Qizilqum” klubini qabul qiladi. "Navbahor" klubi matbuot xizmati bellashuvga oid ma’lumotlarni taqdim etdi.
Mazkur jamoalarning Superliga (oliy liga)dagi o‘zaro o‘yinlari statistikasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ushbu klublar 39 marta o‘zaro ro‘baro‘ kelishgan. O‘yinlarda “Navbahor” 15, navoiyliklar esa 13 marta g‘alaba nashidasini surishgan, 11 ta uchrashuvda esa durang qayd etilgan. To‘plar farqi bo‘yicha ustunlik namanganliklar tomonida: 52–45. O‘zaro o‘yinlarda “lochinlar” 56, “Qizilqum” esa 50 ochkoni qo‘lga kiritishgan.
“Navbahor”ning navoiyliklar ustidan qozongan eng yirik hisobdagi g‘alabasi – 4:0 bo‘lsa, “Qizilqum”ning bu boradagi natijasi 3:0ga teng.
Ushbu klublarning Namanganda bo‘lib o‘tgan 19 ta uchrashuvidan 10 tasida “lochinlar” zafar quchishgan, 6 ta o‘yinda esa durang natija qayd etilgan, 3 ta bahsda navoiyliklar g‘alaba qozonishgan.
Namangandagi o‘yinlarda “Navbahor” 34 ta gol urib, o‘z darvozasidan 18 ta to‘p o‘tkazib yuborgan.
Mazkur jamoalarning 1-davrada Navoiyda bo‘lib o‘tgan bahsida “lochinlar” Aleksandr Kasyanning “dubl”i evaziga 2:1 hisobida yutuqqa erishishgan.
“Navbahor” – “Qizilqum” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 26 iyul kuni Namangandagi “Markaziy” o‘yingohda soat 19:30da start oladi.
Jamoalarning barcha o‘yinlari natijalari quyidagicha ko‘rinishga ega:
2000 yil
“Zarafshon” – “Navbahor” – 0:2
“Navbahor” – “Zarafshon” – 1:2
2001 yil
“Navbahor” – “Zarafshon” – 1:0
“Zarafshon” – “Navbahor” – 3:1
2002 yil
“Zarafshon” – “Navbahor” – 1:1
“Navbahor” – “Zarafshon” – 4:0
2003 yil
“Navbahor” – “Zarafshon” – 2:2
“Zarafshon” – “Navbahor” – 0:2
2004 yil
“Navbahor” – “Zarafshon” – 5:2
“Zarafshon” – “Navbahor” – 2:2
2005 yil
“Zarafshon” – “Navbahor” – 1:1
“Navbahor” – “Zarafshon” – 2:1
2006 yil
“Navbahor” – “Qizilqum” – 1:1
“Qizilqum” – “Navbahor” – 3:0
2007 yil
“Navbahor” – “Qizilqum” – 1:2
“Qizilqum” – “Navbahor” – 0:1
2008 yil
“Qizilqum” – “Navbahor” – 1:1
“Navbahor” – “Qizilqum” – 1:1
2009 yil
“Qizilqum” – “Navbahor” – 1:0
“Navbahor” – “Qizilqum” – 1:1
2010 yil
“Qizilqum” – “Navbahor” – 1:0
“Navbahor” – “Qizilqum” – 1:1
2011 yil
“Qizilqum” – “Navbahor” – 0:0
“Navbahor” – “Qizilqum” – 3:0
2012 yil
“Navbahor” – “Qizilqum” – 0:0
“Qizilqum” – “Navbahor” – 1:1
2013 yil
“Qizilqum” – “Navbahor” – 0:1
“Navbahor” – “Qizilqum” – 1:0
2014 yil
“Qizilqum” – “Navbahor” – 3:1
“Navbahor” – “Qizilqum” – 2:0
2015 yil
“Qizilqum” – “Navbahor” – 3:2
“Navbahor” – “Qizilqum” – 2:1
2016 yil
“Qizilqum” – “Navbahor” – 1:0
“Navbahor” – “Qizilqum” – 0:2
2017 yil
“Qizilqum” – “Navbahor” – 2:1
“Navbahor” – “Qizilqum” – 3:2
2018 yil
“Navbahor” – “Qizilqum” – 3:0
“Qizilqum” – “Navbahor” – 2:0
2019 yil
“Qizilqum” – “Navbahor” – 1:2.

Fikrlar