"Navbahor" yana ikki nafar futbolchi bilan shartnoma tuzdi

  • 1 yanvar, 2022, 01:05
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Navbahor” klubi kutilganidek, yangi futbolchilar bilan shartnomalar imzolamoqda. Klub matbuot xizmati jamoaga qo‘shilgan o‘yinchilarni e’lon qildi.

Tecno

Jumladan, “Bunyodkor”da to‘p surgan iste’dodli yarim himoyachi Nurillo To‘xtasinov 2022 yilgi mavsumni “Navbahor”da o‘tkazishga rozi bo‘ldi va jamoa bilan shartnomaga qo‘l qo‘ydi.

20220101_003148

Andijonlik ushbu o‘yinchi shu kunga qadar “So‘g‘diyona” hamda “Bunyodkor” klublari sharafini himoya qilgan. Ayniqsa, uning “qaldirg‘ochlar” jamoasidagi faoliyati ancha yorqin ko‘rinishda kechdi. 2021 yilgi Superligada To‘xtasinov “Bunyodkor” safida 23 ta uchrashuvda maydonga tushib 4 ta gol urdi. O‘zbekiston Kubogi doirasida esa 4 ta o‘yinda ishtirok etdi.

Bundan tashqari, “Navbahor” klubi yana bir iqtidor egasi Islom Kenjaboev bilan ham kelishuvga erishdi.

20220101_005526

2021 yilgi mavsumni Janubiy Koreyaning “Cheju Yunayted” klubida boshlab, yozda “Qizilqum”ga qo‘shilgan o‘yinchi endi Samvel Babayan boshchiligidagi “Navbahor” uchun to‘p suradi. Kenjaboev navoiyliklar safida 14 ta uchrashuvda maydonga tushgan.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!