Jaloliddin Masharipov uchun juda qiyin tanlov bo‘ladi!

  • 30 iyul, 2023, 19:45
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayni damda "An-Nasr" futbolchisi sanalgan Jaloliddin Masharipovning atrofida gap-so‘zlar ko‘payib ketganidan xabaringiz bor. Uning "Navbahor" yoki "Paxtakor"dan biriga o‘tishi mumkinligi borasidagi fikrlar yangramoqda. E’tiborli tomoni, ularning barchasida haqiqat mavjud. Keling, vaziyatga oydinlik kiritamiz.

Tecno

Birinchi navbatda Jalol ayni damda, rasman Saudiya Arabistoni klubi a’zosi sanaladi. Klub va futbolchi o‘rtasidagi shartnoma o‘z yakuniga etmagan. Ertaga transfer oynasining so‘nggi kuni, ya’ni dedlayn. Demak, Jalol boshqa klubga transfer qilinmasa, ikkita varianti qoladi, xolos - yoki Saudiyaga qaytib borish, yoki jamoasi bilan o‘rtadagi shartnomani bekor qilish. Katta ehtimol bilan, Masharipov Saudiya Arabistoni klubiga qaytmaydi. Demak, o‘z-o‘zidan o‘zbek klublaridan biriga o‘tishiga to‘g‘ri keladi. Sababi, bir necha oydan so‘ng boshlanadigan Osiyo kubogiga qadar sport formasini saqlab turishi lozim. Dedlayn yakunlanganidan so‘ng, futbolchi boshqa klub safiga borib qo‘shilishi mumkin emas. Superliga klublari bundan mustasno. Bizda Masharipovni ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniyati klublarimizda mavjud. PFL tomonidan yo‘lga qo‘yilgan bu tendentsiya legionerlarimizni muhim vaziyatda qo‘llab-quvvatlab yuborish imkoniyatini taqdim etadi.

34lpo‘34lp

Agar voqealar rivoji biz taxmin qilgandek borsa, Masharipov va "An-Nasr" transfer oynasi yopilganidan so‘ng o‘rtadagi shartnomani bekor qiladi. Keyin Jalol uchun gorizontda ikkita variant paydo bo‘ladi. Biri "Navbahor" bo‘lsa, ikkinchisi "Masha"ning sobiq jamoasi "Paxtakor". Vinger SPORTS.uz saytiga bergan intervyusida, ortga qaytsa faqat "Paxtakor" libosida to‘p tepishini aytgan edi. Shunga qaramay, o‘ziga xos paradoks mavjud. Masharipov davridagi "Paxtakor" adminstratsiyasidagi aksariyat insonlar hozir "Navbahor"da faoliyat olib bormoqda. Jalolning yoshlik chog‘idayoq iqtidorini sezgan Samvel Babayan, bir necha yillik do‘sti Jamshid Iskanderov va boshqa ko‘plab yordamchi murabbiylar hozir Namangan klubi sharafini himoya qilmoqda. "Paxtakor"da esa anchagina o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Klub egalaridan tortib, rahbarlariga qadar o‘zgardi. Ya’ni Masharipov jamoadan ketgan paytdagi atmosfera o‘zgargan. Shunga qaramay, futbolchi "sherlar" emblemasi uchun ham sobiq jamoasiga qaytishi ehtimoli yuqori. Bunga boshqa argumentlar ham etarli. Toshkent klubi OChLning guruh bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan. "Navbahor" esa saralash bahsida "Al-Vakra" to‘sig‘idan o‘tishi talab etiladi. "Paxtakor" varianti Masharipovga xalqaro maydonni kafolatlashi bilan birgalikda, tezda yana legioner maqomini olish imkoniyatini taqdim etadi.

34lpo‘43pl

Bizdagi ma’lumotlarga qaraganda, futbolchida Turkiya klublaridan ham etarlicha takliflar mavjud. Turkiya futboli tomonidan o‘rta osiyoliklar legioner hisoblanmasligi borasida qabul qilingan qarordan so‘ng, limitga sig‘ish imkoniyati ortganidan xabaringiz bor. Shu bois, Jaloliddin O‘zbekistonda uzoq qolmasligi aniq. Hozir esa "An-Nasr" bilan yuzaga kelgan keskinlikni o‘z foydasiga hal etish talab etiladi. Katta ehtimol bilan, Masharipov mavsumning qolgan qismini O‘zbekistonda o‘tkazadi. Qaysi jamoada ekanligi esa yuqorida keltirilgan faktlarni qaysi birini o‘zi uchun muhimroq deb hisoblashiga bog‘liq.

Ya.U

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
jamolidin
30/07/2023 22:15
uzbekistonda buncha pul bera olmasa kerak uni teranfer sumasi 2yarim milyon yevromidi wunaqa bulsa kerak
&
Uzbek ligion
30/07/2023 21:38
Ertaging tugagan bulsa uzbekistonga qaytaver masha