
“Navbahor”da ishlagan murabbiy Fayzullaevni “Bavariya”ga o‘tkazish yo‘lini aytdi
Qatardagi Osiyo kubogi O‘zbekiston milliy terma jamoasining bir necha futbolchilariga yangi jamoalar eshigini ochib berdi.
Biroq barchaning e’tiborida Abbosbek Fayzullaev masalasi turibdi. Eldor Shomurodov terma jamoamizga yordam bera olmagach, etakchilik vazifasini 20 yoshli Abbosbek o‘z zimmasiga oldi. Qit’a chempionatidan nufuzli musobaqada bu mas’uliyatni o‘ziga olish har kimning ham qo‘lidan kelavermaydi.
Futbol jamoatchiligi Fayzullaevning Evropa “top-5” ligalarida o‘ynay olish salohiyatini muhokama qilmoqda. Ayniqsa, 20 yoshli hujumkor futbolchini “Bavariya” kuzatayotgani haqidagi xabar ancha shov-shuvlarga sabab bo‘ldi.
O‘zbek futboli bilan yaxshi tanish bo‘lgan Andrey Kanchelskis legionerimizning Myunxen superklubiga transfer qilish uchun nimalarni amalga oshirish lozimligini aytib berdi.
– Agar “Bavariya”dan Abbosbek Fayzullaev bo‘yicha rasmiy taklif tushadigan bo‘lsa, bu transfer haqida alohida gaplashish mumkin bo‘ladi. Ko‘pincha bizda muhokama uchun ham bunaqa xabarlar tarqatib turiladi.
Albatta, agar rasmiy chorlov kelib tushsa, Fayzullaevni qo‘yib yuborish kerak. Unga kuchli ligalarda o‘ynab ko‘rish imkonini berish lozim. Lekin buni TsSKA rahbariyati hal qiladi.
– Osiyo kubogida Abbosbek Fayzullaev yaxshi o‘ynadi. Vaqti kelib, Rossiya Premer-ligasida o‘sishdan to‘xtab qolmaydimi?
– Ha, biz Osiyo kubogini tomosha qildik. Rossiya Premer-ligasigasiga kelsak, saviya yuqori emasligi va tushib borayotgani ko‘rinib turibdi. Buni ayrimlar anglab etgani yo‘q.
Agar taklif bo‘lsa, Abbosning yanada o‘sishiga qo‘yib berish kerak. Balki TsSKA va “Bavariya” o‘rtasida xayriya uchrashuvlarini tashkil qilish lozimdir. Ana shunday ikkita uchrashuvni o‘tkazish orqali pul jamg‘arish imkoni bor. Agar transfer amalga oshib qolsa, pul ham ishlab olsa bo‘ladi.
Agar futbolchi “Bavariya”ga o‘tadigan bo‘lsa, bir umr TsSKAdan minnatdor bo‘ladi, men bunga aminman, - dedi Andrey Kanchelskis.
Andrey Kanchelskis futbolchi sifatida Evropaning qator ligalarida muvaffaqiyatli to‘p tepgani bilan mashhur.
O‘z davrida bu yarim himoyachi Angliyaning “Manchester Yunayted”, “Sautgempton”, “Manchester Siti”, “Everton”, Shotlandiyaning “Glazgo Reynjers”, Italiyaning “Fiorentina” kabi jamoalarida o‘ynagan.
Kanselskis ikki martadan Angliya va Shotlandiya chempioni, Evropa Superkubogi g‘olibi va bir qator nufuzli sovrinlar sohibi bo‘lgan.
Fikrlar