
"Navbahor"dagi legionerlar yurtlariga jo‘nab ketishdi
Namanganliklar Superliganing birinchi davrasini 21 ochko bilan 4-o‘rinda yakunladilar. Ayni paytda esa «Navbahor» O‘zbekiston Liga Kubogi doirasidagi uchrashuvlariga e’tibor qaratgan. Lekin jamoa a’zolari ushbu o‘yinlarda to‘liq tarkib bilan ishtirok etmayapti.
Boisi shundaki, «Navbahor»dagi legionerlar – rossiyalik Igor Golban, Ivan Solovyov, Aleksandr Kasyan hamda serbiyalik Slavko Lukichlar o‘z yurtlariga qaytib ketishgan. Superligada birinchi davra tugagani bois murabbiylar shtabi legionerlarga dam berishga qaror qilishgan. Shu sababli «Navbahor» Liga Kubogidagi uchrashuvlarni mahalliy futbolchilar bilan o‘tkazmoqda.
Birinchi davrada namanganliklar safida ayniqsa, legioner o‘yinchilar o‘zlarini ko‘rsatishganini alohida ta’kidlash joiz. Masalan, hujumchi Aleksandr Kasyan o‘z hisobiga 9 ta gol yozib qo‘ygan holda to‘purarlar orasida bormoqda. Bir so‘z bilan aytganda, xorijlik futbolchilar namanganlik muxlislarning ishonchlarini qozona olishdi. Darvoqe, 9 iyul kuni Slavko Lukichning nikoh to‘yi bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, «Navbahor» safida yana bir legioner – turkmanistonlik Elman Tagaev ham mavsum boshida ro‘yxatdan o‘tgandi. Lekin mavsum o‘rtalariga kelib ushbu legioner yurtiga jo‘nab ketganini ham aytish joiz.
Fikrlar
Футболчимиз Денисов Узбек журналистларимизни бебурдликда айблаб танкид килганда накадар хак эканлигини манашу исботи.