
"Navbahor"ga qarshi final uchrashuvi oldidan "Nasaf" muxlislari uchun ajoyib xushxabar
30 oktyabr kuni O‘zbekiston kubogining final uchrashuvi Buxoroda "Nasaf" va "Navbahor" jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.
"Ajdarlar"ni qo‘llab-quvvatlash maqsadida viloyat hokimi Murotjon Azimov topshirig‘i bilan qashqadaryolik muxlislar uchun bepul avtobuslar ajratiladi. Bu haqda Qarshi shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Avvalroq, "Navbahor" muxlislari uchun Namangan - Buxoro yo‘nalishi bo‘yicha poezd tashkil etilishi haqida xabar bergandik.
Fikrlar