
"Navbahor"ga qarshi oldidan "nayzaning uchi o‘tmaslashib qoldi"
Superliga 17-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Andijon" bahsi yakunlandi. Bellashuv mezbonlarning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
3-daqiqadayoq Jigauri hisobni ochgan bo‘lsa, Zoran Marushich dubl qayd etdi. 76-daqiqada Asker Najafaliev Bobir Abdixoliqovga ikkinchi sariq kartochkani ko‘rsatib, maydondan chetlatdi. Qarshiliklar 18-turda "Navbahor" mehmoni bo‘ladi. Abdixoliqov ushbu uchrashuvda maydonga tusha olmaydi. Muhim futbolchining o‘ynay olmasligi Berdiev uchun yaxshigina boshog‘riq bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, "Navbahor" - "Nasaf" qarama-qarshiligi 14 sentyabrda bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar