"Navbahor"ni finalda qo‘llab-quvvatlamoqchi bo‘lgan muxlislar diqqatiga

  • 24.10.2022 15:06
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston kubogi final uchrashuvi 30 oktyabr kuni Buxoro shahrida bo‘lib o‘tadi.

Mazkur o‘yinni bevosita stadionda tomosha qilib, “Navbahor”ni munosib tarzda qo‘llab-quvvatlashni xohlagan namanganlik muxlislarga qulaylik yaratish maqsadida, Namangan viloyati hokimligi tomonidan Namangan – Buxoro – Namangan yo‘nalishi bo‘yicha maxsus poezd yo‘lga qo‘yildi.

Ushbu poezd uchun chiptalar narxi 515 000 so‘m etib belgilandi.

Ushbu poezd chiptalari bugundan boshlab, “Markaziy” o‘yingoh kassalarida sotuvga chiqdi. Chiptalarni xarid qiluvchilar fuqarolik pasporti bilan kelishlari so‘raladi. 

IMG_20221024_150024_719

“Navbahor” matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!