
"Navbahor"ni ikki nafar o‘yinchi tark etdi
Xabaringiz bor, ayni paytda yurtimizda davralar oralig‘idagi tanaffus va yozgi transfer payti.
Shu bois barcha jamoalar tarkibida o‘zgarishlar yuz berishi tabiiy. Albatta, “Navbahor” ham bundan mustasno emas.
Klub matbuot xizmatining yozishicha, “Lochinlar” kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lgan ikki nafar futbolchi bilan o‘zaro kelishuv asosida xayrlashishdi. Bular - himoyachi Shahzod Toirov hamda hujumchi Po‘latxo‘ja Xoldorxonovlar.
Toirov jamoa tarkibidagi barcha o‘yinlarda jami 4 ta uchrashuvda maydonga tushib, 288 daqiqa harakat qilgan bo‘lsa, Xoldorxonov “lochinlar” safidagi barcha bellashuvlarda jami 8 ta o‘yinda maydonda 351 daqiqa harakat qilib, 1 ta gol urgan.
"Biz Shahzod Toirov va Po‘latxo‘ja Xoldorxonovlarga keyingi faoliyatlarida omad yor bo‘lishini tilaymiz", - deyiladi “Navbahor” PFK matbuot xizmati xabarida.
Fikrlar