"Navbahor"ni tark etgan Temurxo‘ja Abduholiqov sobiq jamoasiga qaytdi

  • 05.01.2024 10:50
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol

"Bunyodkor" klubi kunni ashaddiy ishqibozlarini xursand qiladigan xabar bilan boshladi.

Gap shundaki, katta futbolga “Bunyodkor” o‘rinbosarlari safidagi ajoyib o‘yinlari orqali kirib kelgan tajribali hujumchi Temurxo‘ja Abduxoliqov uyiga qaytdi va yangi mavsumni “Bunyodkor” safida o‘tkazadi.

abduxolikov1

Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, Abduxoliqov bilan ikki yilga mo‘ljallangan shartnoma imzolandi.

Hujumchi o‘tgan mavsumni "Navbahor"da o‘tkazdi va (Superliga hamda O‘zbekiston Kubogi bahslarida) 30 ta o‘yinda maydonga tushib 4 ta gol urdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Арсенжан
05/01/2024 13:17
Темирхужа тугри йулни танлабсиз.