"Navbahor"ning hujumdagi asosiy transfer nishoni kim bo‘ladi?

  • 10.12.2021 13:19
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol

"Paxtakor" klub hujumchisi Dragan Cheran faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi mumkin.

SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, serbiyalik futbolchiga "Navbahor" klubi qiziqmoqda. Namanganliklar Cheranni jamoaning asosiy hujumchisi sifatida ko‘rmoqda. Tomonlar tez orada muzokaralarga kirishishi mumkin.

Avvalroq, Samvel Babayan yangi mavsumdan jamoa bosh murabbiyi sifatida ish boshlashi ma’lum qilingandi. Qolaversa, ushbu mutaxassis klubni yangi bosqichga olib chiqishi uchun tarkibga bir qator kuchli futbolchilarni jalb etishga qaror qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Dragan Cheran yakunlangan mavsum Superliga to‘purariga aylandi. U 16 bor raqiblari darvozasini ishg‘ol qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!