"Navbahor"ning ikki nafar legioneri mashg‘ulotlarga qo‘shildi

  • 09.01.2022 22:53
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol

Xabaringiz bor, “Navbahor” a’zolari ayni paytda Turkiyaning Antaliya shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazishmoqda.

Shuni aytish lozimki, Babayan boshchiligidagi jamoa Turkiyadagi yig‘in davomida hali to‘liq tarkibda emasdi.

Klub matbuot xizmatining xabariga qaraganda, “Navbahor”ning serbiyalik futbolchilari – himoyachi Boyan Tsiger va yarim himoyachi Yovan Jokich kecha kechki payt klub ixtiyoriga etib kelishdi hamda bugun yakka tartibda shug‘ullanishdi.

"Navbahor" klubi tez orada dastlabki nazorat uchrashuvini o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бруно
10/01/2022 17:14
Яххаа