“Navbahor”ning Turkiyadagi o‘yini nega bekor qilindi?

  • 12.02.2026 12:48
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston chempionatining yangi mavsumiga Turkiyada tayyorgarlik ko‘rayotgan Namanganing “Navbahor” jamoasi 12 fevral kuni Rossiya Premier-ligasi vakili “Baltika” bilan  o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi belgilangan edi.

Belek shahrida noqulay ob-havo sharoiti hukm surayotganligi bois bu uchrashuv o‘tkazilmaydigan bo‘ldi.

Buni “Baltika” klubi matbuot xizmati ham tasdiqladi.

- Hurmatli muxlislar! Antalya sohillarini bugun erta-lab qamrab olgan kuchli yomg‘ir sabab O‘zbekistonning “Navbahor” jamoasiga qarshi nazorat o‘yini bekor qilindi. “Fakel” bilan sparring o‘yini o‘tkazilishi haqida qo‘shimcha ravishda xabar beramiz.

Yetkazilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!, - deyiladi “Baltika” klubining bayonotida.

Ayni paytda “Baltika” Rossiya chempionati turnir jadvalida beshinchi o‘rinni egallab turibdi. Jamoa 18 ta o‘yinda 35 ochko to‘plagan. Birinchi o‘rinda 40 ochko bilan “Krasnodar” joylashgan.

“Navbahor” esa, O‘zbekiston chempionatining 2025 yildagi mavsumini yettinchi o‘rinda yakunladi. Namanganliklar 30 ta o‘yinda ishtirok etib, 40 ochko jamg‘argan. Mamlakat chempionligi 64 ball to‘plagan “Neftchi”ga nasib qildi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!