
Navbat "Lester"ga! Yana bir himoyachi uzoq muddatga safdan chiqdi
"Lester" himoyachisi Chaglar Seyunju uzoq muddatga safdan chiqdi.
Turkiyalik futbolchiga oyoq mushaklari yorilishi tashxisi qo‘yilgan. Hozircha, uning qachon maydonga qaytishi aniq aytilmayapti. Biroq, tiklanish taxminan 3 oy vaqt olishi mumkin. Bu xabarni jamoa bosh murabbiyi Brendan Rojers ham tasdiqladi: "Bu holat uning uchun ayanchli, biz uchun esa, katta yo‘qotish".
Bir necha kun ilgari, APLning boshqa etakchi himoyachilaridan biri Virjil Van Deyk ham og‘ir jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqqan edi.
Fikrlar