Asosiy mazmunga oʻtish

Nazorat o‘yini. "Neftchi" Gruziya klubini mag‘lub etdi

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

Zorandan dubl!

Farg‘onaning "Neftchi" jamoasi Turkiyadagi yig‘inlar doirasida navbatdagi nazorat uchrashuvini Gruziyaning "Kolxeti" jamoasiga qarshi o‘tkazdi.

Uchrashuvning 62-daqiqada gruziyaliklar hujumchisi himoyadagi xatodan unumli foydalangan holda hisobni ochdi. Oradan bir daqiqa o‘tib esa, Zoran Marushich hisobni tenglashtirdi. 74-daqiqada Zoran gruziyaliklar darvozasini yana aniq nishonga olib, hisobni 2:1 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi. Bellashuv so‘ngida Jamshid Iskanderov penaltini aniq amalga oshira olmadi. 

Shu tariqa, "yo‘lbarslar" nazorat uchrashuvida g‘alabani qo‘lga kiritdi. 

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q