Neapolda mudhish voqea sodir bo‘ldi

  • 18 fevral, 2023, 18:36
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Kecha Neapolda afsonaviy Diego Maradonaning chap oyog‘i tasvirlangan kartina o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda "Calciomercato" nashri xabar berdi.

Diego Maradona "Napoli" afsonasi sanaladi. Ushbu jamoa a’zosi sifatida argentinalik futbolchi bir qator sovrinlarni qo‘lga kiritgan. Xususan, 2 marta Italiya chempioni unvonini qo‘lga kiritgan. Maradona 2020 yilning noyabr oyida vafot etgan edi.

Ayni damda "Napoli" Italiya chempionatining turnir jadvalida ishonchli tarzda peshqadamlik qilmoqda. Jamoa Maradona o‘ynagan 1990 yildan beri ilk bor mamlakat chempioni bo‘lishga yaqin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!