"Neftchi" - "Andijon" uchrashuvi uchun chiptalar qanchadan sotilmoqda?
Xabaringiz bor, 12 may kuni soat 19:00 da O‘zbekiston Superligasi 7-tur doirasida "Neftchi" Andijonning "Andijon" klubini qabul qiladi. Qiziqarli tarzda kechishi kutilayotgan mazkur uchrashuvga chiptalar sotuvi yo‘lga qo‘yildi. Chiptalar faqat stadion kassalarida 30000 va 40000 so‘mdan belgilangan narxlarda sotiladi.
Stadion ma’muriyati murojaatnomasiga binoan, futbol bellashuviga stadionning maxsus kassalaridan tashqari harid qilingan qalbaki chiptalar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi va qalbaki chipta bilan stadion hududiga kirishga uringan shaxslarga nisbatan qonun doirasida choralar ko‘rilishi bo‘yicha muxlislarni ogohlantiradi.
Shuningdek, Andijonlik muxlislar uchun chiptalar sotuvi faqat uchrashuv kuni soat 09:00 dan boshlab, stadionning orqa tarafdagi (stadion katta monitori tomondagi) eshigi oldidagi kassasidan harid qilishingiz mumkin, stadionning 11-12-13-14-15-16 sektorlari mexmonlar uchun ajratilgan, - deyiladi klub xabarida.

Fikrlar