"Neftchi" Chempionlar ligasidagi bitta g'alaba uchun qancha oldi?

  • 15.09.2026 21:46
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekistonning amaldagi chempioni «Neftchi» Osiyo Elit Chempionlar Ligasidagi debuti uchun 100 ming dollar mukofot pullarini qo‘lga kiritdi. 

Farg‘onaning «Neftchi» klubi Osiyo Elit Chempionlar Ligasining umumiy guruh bosqichida ishtirokini g‘alaba bilan boshladi. Iroqning «Eyr Fors» jamoasiga qarshi uchrashuvda yagona gol 83-daqiqada urildi. Ushbu muhim gol muallifi serbiyalik hujumchi Zoran Marushich bo‘ldi.

Ma’lumotga ko‘ra, ushbu g‘alaba «Neftchi»ga turnir jadvalidagi 3 ochkodan tashqari, o‘yindagi g‘alaba uchun belgilangan 100 ming dollarlik mukofotni ham olib keldi. 

Bu bosqich doirasida har bir g‘alaba klubga yana 100 ming dollardan daromad olib kelishi mumkinligi qayd etilgan.

Elit Osiyo Chempionlar Ligasining umumiy bosqichida farg‘onalik klubning navbatdagi raqibi Saudiya Arabistonining mashhur «An-Nasr» jamoasi bo‘ladi. Uchrashuv 12 oktyabr kuni safarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 

Bu bosqichda O‘zbekiston sharafini «Neftchi»dan tashqari Toshkentning «Paxtakor» klubi ham himoya qilmoqda. Toshkentliklar birinchi turni Saudiya Arabistoni poytaxti Jidda shahrida o‘tkazib, Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi "Al-Ahli" bilan 1:1 hisobida durang o‘ynab qaytdi. Bu natija tur sensatsiyasi sifatida baholandi. 

Yangilangan Osiyo Chempionlar Ligasining eng yuqori divizioniga ilk bor bir vaqtning o‘zida ikki o‘zbek klubi yo‘l olgani tarixiy voqea sifatida e’tirof etilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Neftchi» amaldagi O‘zbekiston chempioni hisoblanadi. Klub 2025 yildgi mavsum yakunlariga ko‘ra mamlakat chempioni bo‘lib, shu natija orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri Osiyo Elit Chempionlar Ligasi umumiy guruh bosqichiga yo‘l olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!