"Neftchi" Eldor Suyunov bilan kelishuvga erishdi

  • 4 yanvar, 21:56
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qishki selektsiya ishlarini faol olib borayotgan "Neftchi" bugun Ikrom Aliboevning transferidan so‘ng Eldor Suyunov bilan ham shartnoma imzolanganini e’lon qildi.

Tecno

U o‘tgan mavsumni yozida "Navbahor"ga qo‘shilgan va chempionatni namanganliklar safida yakunlagan. Superligada "Navbahor" safida 6 ta o‘yinda maydonga tushib va 10 ta to‘p o‘tkazib yubordi.

"Ma’lumot uchun, Eldorbek Suyunov 1991 yil, 12 aprel kuni Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. Futbolchilik faoliyati davomida “Nasaf” (2011 – 2017 yilning 1-davrasi), “Paxtakor” (2017 yilning 2-davrasi - 2023 yillar) jamoalari darvozasini qo‘riqlagan.

O‘zbekistonning 5 karra chempioni (2019, 2020-2023 yillar), shuningdek, milliy chempionatimizning kumush (2011 yil) va bronza (2013-2015, 2016-2017 yillar) medallari sohibi.

Uch marta O‘zbekiston Kubogini (2015, 2019 – 2020 yillar)  hamda bir marta OFK kubogini (2011 yil) qo‘lga kiritgan.  2013-2021 yillarda O‘zbekiston milliy terma jamoasi darvozasini 28 ta o‘yinda qo‘riqlagan.

Futbolchi faoliyati davomida o‘zi ishtirok etayotgan barcha musobaqalarda o‘zining klubi bilan kuchlik uchlikdan pastki pog‘onalarga tumshagan", - deya xabar bermoqda klub matbuot xizmati.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!