
"Neftchi" ertaga oxirgi nazorat uchrashuvini o‘tkazadi
Turkiyada mavsumoldi yig‘inlarida ishtirok etayotgan "Neftchi" klubi ertaga tayyorgarlik doirasida yakunlovchi nazorat-sinov bahsida maydonga tushadi. Bu galgi raqib Rossiyaning "Shinnik" (Yaroslavl) jamoasi bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, "Shinnik" klubi 1957 yilda tashkil topgan bo‘lib, 1991 yilda Sobiq ittifoqning birinchi liga chempionati doirasida "Neftchi" bilan ikki marta yuzlashgan. Farg‘onadagi o‘yinda "Neftchi" 3:1 hisobida ustun kelgan bo‘lsa, Yaroslavldagi javob bahsida "Shinnik" 2:0 hisobida g‘alaba qozongan, - deya xabar bermoqda, "Neftchi" matbuot xizmati.
9 fevral
O‘rtoqlik uchrashuvi
"Neftchi"-"Shinnik"
Soat 18:30 da (Toshkent vaqti bilan)
Fikrlar