"Neftchi" etakchilari safga qaytdi
Superligadagi 12-tur uchrashuvini "Neftchi" jamoasi 22 iyunda Qarshining "Nasaf" klubi bilan o‘tkazadi.
Odatdagidek, Yaypandagi markaziy o‘yingohda bo‘ladigan bu o‘yinga farg‘onaliklar tayyorgarlikni qizg‘in boshlab yubordilar.
Qirgulidagi qarorgoh stadionida bo‘layotgan tayyorgarlik mashg‘ulotlarida jarohat tufayli davolanishda bo‘lgan Doniyor Nazrullaev, Umar Adhamzoda va Lutfulla To‘raevlar ham faol ishtirok etmoqdalar.
Bu mashg‘ulotlarni boshqarishda Ilhom Mo‘minjonovga yakindan yordam berishga kirishgan jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy Milan Chirich birgalikda olib borishdi.
“Neftchi” matbuot xizmati.

Fikrlar