Asosiy mazmunga oʻtish

"Neftchi" etakchisi "Navbahor" a’zosi bo‘lish arafasidami? Farg‘onada nima gap?

Yahyoxo'ja Ulug'xo'jayev
Izohlar: 2

Norboy Muallim aloqaga chiqdi

SPORTS.uz sayti jurnalisti - Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev o‘z telegram kanalida "Neftchi" qanot himoyachisi - Umar Ahdamzodaning transferi masalasida post qoldirdi. Unga ko‘ra, futbolchi bilan "Navbahor" qiziqib qolgan.

"Bizga ma’lum bo‘lishicha, mavsum kashfiyotiga aylangan Umar Adhamzoda kelasi mavsummi "Navbahor"da o‘tkazadi.

Futbolchi "lochinlar" bilan og‘zaki kelishuvga erishgan. Qanot himoyachisiga "Navbahor" moliyaviy baquvvat taklif bilan chiqqan.

Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz"

aduatsa

Ko‘p o‘tmay, kanalda aynan shu mavzudagi ikkinchi post ham chiqdi. Unga ko‘ra, farg‘onaliklar bu transfer amalga oshishi yo‘lidagi so‘nggi so‘zga ega ekanligi ma’lum qilingan. Shuningdek, Norboy Muallim "Yo‘lbarslar"ning kelajak rejalari bilan ham o‘rtoqlashib o‘tdi.

"Umar Adhamzoda masalasi ko‘tarilgach, Norboy Muallim aloqaga chiqdi.

Uning aytishicha, farg‘onaliklar kelasi mavsumda Superliganing eng "beli baquvvat" jamoasiga aylanadi. Shu boisi, hozirdanoq nomdor futbolchilar bilan muzokaralar boshlangan.

Manbaning xabar berishicha, farg‘onaliklar agar Umarni olib qolishni istasa, hech qaerga qo‘yib yubormaydi, ammo Adhamzoda bilan Superliga jamoalari qiziqib qolgani rost. Unga talabgorlar orasida boshqa grandlari ham bor. Hatto, Adhamzodaga oyiga 11 ming dollar maosh taklif qilingani haqidagi ma’lumot ham o‘zini oqladi.

Qisqasi, kelasi mavsumda "Neftchi" (viloyat hokimining rejalari o‘zgarmasa) eng ko‘p muhokama qilinadigan jamoaga aylanadi. Adhamzoda masalasida esa, so‘nggi so‘zni "yo‘lbarslar" aytadi. "Navbahor" tomoni, transfer oynasi ochilmaguniga qadar bu ma’lumotni tasdiqlamasligi aniq."

l3o‘po‘l34po‘l

Eslatib o‘tamiz, Umar Adhamzoda Superliga doirasidagi o‘yinlarda o‘z hisobiga 3 assist va 2 golni yozdirib qo‘ygan.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q