"Neftchi" ikkinchi nazorat bahsida g'alaba qozondi. Aliboev va Iskanderovdan gol!
Yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan "Neftchi" Antaliyadagi tayyorgarlik doirasida ikkinchi nazorat o‘yini o‘tkazdi.
Sloveniya ning ".Alyuminiy" jamoasiga qarshi kechgan bellashuv ".yo‘lbarslar"ning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Dastlab, 15-daqiqada raqib xatosidan so‘ng Ikrom Aliboev hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda Jamshid Iskanderov jarima maydoni tashqarisidan ajoyib zarba yo‘llab, oradagi farqni ikkita oshirib qo‘ydi. Uchrashuv finishiga yaqin raqib ham gol urdi.
Shu tariqa, Islom Ismoilov shogirdlari g‘alabani tantana qildi.
Fikrlar